1-rasm. Mintaqa sanoat korxonalarning kompleks iqtisodiy salohiyatini baholash uchun konseptual model


Mazkur maqolada mintaqa sanoat korxonalarning iqtisodiy salohiyatini baholash masalalari nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Iqtisodiy salohiyatni tahlil qilish jarayoni sanoat korxonalarining ichki va tashqi hisobotlari asosida ko‘rsatkichlarni qayta ishlash, baholash hamda sharhlash orqali ularning imkoniyatlari va rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shu bilan birga, iqtisodiy salohiyatni baholashda analitik qo‘llab-quvvatlash tizimining o‘rni, qaror qabul qilish jarayonida axborot va tahliliy usullarning o‘zaro bog‘liqligi, boshqaruvning samarali tashkil etilishidagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotda sanoat korxonalarining kompleks iqtisodiy salohiyatini baholash uchun konseptual model va mexanizm ishlab chiqilgan bo‘lib, unda mulk ob’ekti, maqsadli ko‘rsatkichlar tizimi (EV, SV, EVA, NP, FCFF, E, A, N) hamda funksional komponentlar salohiyatning asosiy elementlari sifatida belgilangan. Baholash jarayonida tashqi va ichki foydalanuvchilar manfaatlari, ularning maqsadlari va ehtiyojlarini hisobga olish zarurligi ta’kidlangan. Maqolada shuningdek, iqtisodiy salohiyatni baholashning daromadli, xarajatli va qiyoslovchi yondashuvlari, ularning afzalliklari va cheklovlari tahlil qilinib, natijada iqtisodiy salohiyatni kompleks baholash ko‘p komponentli tizim sifatida shakllantirish zarurligi asoslangan.